Jamiyat | 09:58 / 28.12.2018
7825
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda ikki kishiga pichoq bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida 2018 yil 26 dekabr kuni Qarshi shahar “Xudoyzod” MFYda yashovchi A.H. Chandir qishlog‘i hududida o‘zaro janjal tufayli shu qishloqda yashovchi O.B.ga hamda hamqishlog‘i S.Q.ga pichoq bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada O.B. va S.Q.lar olgan jarohati sabab kasalxonaga yotqizilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida A.H. qo‘lga olinib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid