Jahon | 01:16 / 29.12.2018
28865
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda general Do‘stumning yaqin safdoshi ozod etildi

Foto: pajhwok.com

Afg‘onistonda hibsda ushlab turilgan Nizomiddin Qaysariy ozod etildi. Bu haqda Afg‘oniston vitse-prezidenti, general Abdulrashid Do‘stum boshchilik qiladigan “Junbish-a Milliy” partiyasidagi manba ma'lum qildi

Partiya rahbari o‘rinbosari Mas'ud Ahmad Mas'udning ma'lum qilishicha, Qaysariy ayni vaqtda Kobulning Shosh-Darak tumanidagi uylardan birida qolmoqda. Biroq unga nisbatan tergov davom etmoqda. Kuch tuzilmalari ma'lumotlariga ko‘ra, Qaysariy Faryob viloyati amaldorlariga toliblar tomonidan hujumga uchrovchi Mayman-Jauzjon avtomobil yo‘lida xavfsizlikni ta'minlay olmasalar, “ularni o‘ldirish, viloyatdagi xavfsizlik kuchlari bo‘limlarini yopib, ularga o‘t qo‘yish” bilan tahdid qilgan.

Qaysar uyezdi politsiyasi boshlig‘i, Do‘stumning yaqin safdoshi bo‘lgan Qaysariy 2 iyulda Faryob viloyatining ma'muriy markazi Mayman shahrida maxsus kuchlar tomonidan hibsga olingan va Kobulga yetkazilgan. Qaysariyning hibsga olinishi Afg‘onistonning shimoli va markaziy qismidagi bir qator viloyatlarda tartibsizliklarga olib kelgan. Minglab odamlar norozilik namoyishlariga chiqqan, pokrishkalar yoqilgan, avtomobil yo‘llari to‘silib, davlat idoralari faoliyatiga to‘sqinlik qilingan. Namoyishchilar Qaysariyning ozod etilishidan tashqari, 2017 yil maydan beri Turkiyada qolishga majbur bo‘layotgan Do‘stumning qaytarilishini talab qilishgan. Do‘stum iyulda Kobulga qaytgan, uni minglab tarafdorlari va siyosiy muxolifat vakillari, jumladan afg‘onistonlik tojiklar yetakchisi Atta Muhammad Nur kutib olgan. Biroq o‘shanda Qaysariy ozod etilmagan. O‘shanda Do‘stum safdoshining ozod etilishi bo‘yicha hukumat bilan muzokaralar o‘tkazishga va'da bergan.       

Mavzuga oid