Qirg‘izistonda “Osiyoning eng qimmatbaho oti” nobud bo‘ldi
29 dekabrda Qirg‘izistonning Chuy viloyatidagi Manas qishlog‘ida ko‘pkaridagi musobaqadan keyin respublikadagi eng katta, Baron laqabli ot o‘lib qoldi. Bu haqda otning egasi Almaz Qo‘ldoshev ma'lum qildi.
“Men Baronni ko‘pkariga olib chiqdim, o‘yindan keyin odamlar orasidan o‘tayotganimizda u to‘satdan yerga qulab tushdi va joni uzildi. Odamlar nimagadir mullani chaqirtirishdi. Hamma qayg‘ura boshladi, ba'zilar hattoki ko‘zlariga yosh oldi”, deb aytmoqda ot egasi.
“Bu ot Osiyodagi eng qimmatbaho ot edi. Uning o‘limi sababi nimadaligini bilmayman”, deb qo‘shimcha qilgan Qo‘ldoshev. Avvalroq ushbu ot uchun million dollar taklif qilingan. Ot egasining aytishicha, unga shunday taklif ikki kun avvalgina bildirilgandi.
Baron ingliz chopqir otining og‘ir yuk tashuvchi ot bilan duragayi bo‘lgan. U 920 kg tosh bosgan, bo‘yi yag‘rinida 187 sm kelgan. Baron ko‘pkari uchun eng yaxshi otlardan biri hisoblangan. U Qirg‘izistonga 2012 yilda Omskdan olib kelingan. O‘shanda otga 5 ming dollar berilgan.
Qo‘ldoshevda ushbu ot paydo bo‘lgandan keyin u otdan zot olish uchun 14 ta biya sotib olgan. Ot egasining ta'kidlashicha, Barondan olingan har bir toychoqni 10 ming dollardan sotgan va ularga talab katta bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024