Jahon | 11:48 / 01.01.2019
27563
2 daqiqa o‘qiladi

Magnitogorskdagi fojiada jarohat olgan O‘zbekiston fuqarosi jonlantirish bo‘limida qolmoqda

Foto: TASS

Magnitogorskda dushanba kuni gaz portlashi va ko‘p qavatli uyning yo‘lagi qulashi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi ham jarohat oldi. U hozirda jonlantirish bo‘limida. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Veronika Skvortsova «Rossiya 24» telekanali orqali translyatsiya qilingan, fojia joyida o‘tkazilgan operativ yig‘ilishda ma'lum qildi.

«O‘zbekiston fuqarosi eng og‘ir jarohatlarni oldi, u 36 yoshda. Uni oxirida chiqarib olishdi, yetti soat vayronalar ostida bo‘lgan. Qovurg‘alari singan, qorin bo‘shlig‘i jarohat olgan, qorajigari yorilib ketgan. U jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi, hozir jonlashtirish bo‘limida», - dedi Skvortsova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Magnitogorskda halok bo‘lganlar soni ortgandi - halok bo‘lgan yana ikki kishining jasadi vayronalar ostidan chiqarib olindi.

31 dekabr kuni ertalab soat 4da Magnitogorskda maishiy gaz portlashi oqibatida o‘n qavatli uyning pod'yezdlaridan biri qulab tushgan. FVVning so‘nggi xabariga ko‘ra, portlash natijasida yetti kishi halok bo‘lgan, 33 kishining taqdiri noma'lum.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid