Magnitogorskdagi uyda gaz portlaşi va şundan söng yölakning qulaşi oqibatida halok bölgan yana ikki kişining jasadi vayronalar ostidan çiqarib olindi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Magnitogorskda yana ikki kişining jasadi çiqarib olindi. Hozirda halok bölganlarning soni yetti nafarni taşkil etadi», - deya ma'lum qilişgan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatidan.
Qayd etilişiça, halok bölganlardan beş nafarining şaxsi aniqlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Magnitogorskda beşinçi qurbonning jasadi topilgani xabar berilgandi.
31 dekabr kuni ertalab soat 4da Magnitogorskda maişiy gaz portlaşi oqibatida ön qavatli uyning pod'yezdlaridan biri qulab tuşgan. FVVning sönggi xabariga köra, portlaş natijasida yetti kişi halok bölgan, 33 kişining taqdiri noma'lum.








