Iqtisodiyot | 11:44 / 01.01.2019
13680
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining 2019 yilgi mahalliy byudjyeti asosiy parametrlari ma'lum bo‘ldi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toshkent shahar hokimligining “Toshkent shahrining 2019 yilgi mahalliy byudjyeti parametrlari to‘g‘risida”gi hujjati loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018 yil 26 dekabrdagi 402/46-5-sonli qarori bilan qabul qilingan Toshkent shahrining 2019 yilgi mahalliy byudjyeti ijro uchun qabul qilinishi mumkin.

Quyidagilar:

Toshkent shahrining 2019 yilgi mahalliy byudjyeti asosiy parametrlari;

Toshkent shahar va tumanlar mahalliy byudjyetlarining 2019 yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy byudjyetidan tuman mahalliy byudjyetlariga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori;

Davlat soliqlaridan shahar va tuman mahalliy byudjyetlariga ajratmalar me'yorlari;

Toshkent shahar va tumanlar mahalliy byudjyetlarining 2019 yil uchun byudjyet parametrlari tasdiqlanadi.

Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasiga o‘rnatilgan tartibda tegishli mahalliy byudjyetlarga mablag‘lar va byudjyet ssudalari (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda, ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushishidan shuningdek, ish haqi (yagona ijtimoiy to‘lov bilan), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha byudjyet xarajatlarini birinchi navbatda so‘zsiz moliyalashtirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi beriladi.

Mavzuga oid