Jahon | 20:52 / 01.01.2019
15629
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoy suv osti kemalari bilan aloqa qilish uchun Nyu-Yorkdek keladigan antenna qurdi

Foto: Ivan O'Gilvi / twitter @o_gilvi

Xitoy o‘ta past chastotalarda (ELF) ishlash uchun, o‘lchami Nyu-Yorkdek keladigan ulkan antennani qurib bitkazdi. Ta'kidlanishicha, majmua rasman zilzilalardan erta ogohlantirish va geologorazvedka uchun qurilgan, biroq ko‘plab omillar uning asosiy vazifasi harbiy maqsaddan iboratligiga ishora qilmoqda.

ELF loyihasi ustida 2006 yildan beri ish olib borilgan. Xuachjun viloyatida qurilayotgan bu antennadan tashqari, Xitoyning turli hududlarida ma'lumotlarni uzatish va qayta ishlash markazlari barpo etilgan. O‘ta past chastotadagi radioto‘lqinlar yer ostiga chuqur kirib boradi, shu sababli ELF’ning antenna panjaralari foydali qazilmalarni qidirish uchun qo‘llanishi mumkin. Tog‘-kon kompaniyalari bu maqsadda kichikroq o‘lchamdagi georadarlardan foydalanishadi. ELF’ni, shuningdek, yer qobig‘i ostidagi massalarning harakatini nazorat qilish uchun qo‘llash mumkin, bu esa zilzilalardan erta ogohlantirishda yordam beradi. 

Biroq o‘ta past chastotali radioto‘lqinlar nafaqat yer ostiga, balki suv ostiga ham kirib boradi. Shu sababli ular suv osti kemalari aloqasi uchun keng qo‘llanadi. Suv osti kemasining asosiy jihati uning yashirinligi hisoblanadi, sirtga ko‘tarilmay suv osti kemasidagi qo‘mondonlik bilan aloqa qo‘llab-quvvatlashning yagona yo‘li o‘ta past chastotali radioto‘lqinlar hisoblanadi. 

Antenna qurilishini Xitoyning 724-ilmiy-tadqiqot instituti nazorat qilgan. Tizimning komponentlaridan biri Janubiy Xitoy dengizida, Xaynan oroli yaqinida joylashgan. Bu yerda Xitoy suv osti kuchlarining eng yirik bazasi joylashgan. “Urush boshlansa, bu loyiha muhim ahamiyatga ega bo‘ladi”, deb aytgan geologiya instituti xodimi Chen Syaobin. 

Xitoy dunyodagi eng katta suv osti flotiga ega. Bu flot 84 dizel-elektr va atom suv osti kemalaridan iborat. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid