Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada ko‘chkilar oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi
Seshanba kuni Indoneziyaning G‘arbiy Yava provinsiyasidagi turar-joy binolariga kelib tushgan ko‘chkilar natijasida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters mahalliy rasmiylarga tayangan holda xabar qilmoqda.
30 dan ortiq uy ko‘chki ostida qolgan, kamida 20 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Fojiaga kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Ayni damda qutqaruvchilar jabrlanuvchilarni qidirish ishlarini tiklashdi, avvalroq bu davom etgan kuchli yomg‘ir oqibatida to‘xtab qolgandi. «Yumshoq tuproq qutqaruv jamoalari uchun xavf tug‘dirmoqda», - deya tezkor xizmatlar vakilining so‘zlarini keltiradi Reuters.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyada yuz bergan sunami qurbonlari soni 400 kishidan oshgandi.
Mavzuga oid
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026