O‘zbekistonda chegaraoldi savdo markazlarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda
Respublikada eksport hajmini oshirishga xizmat qiladigan chegaraoldi savdo markazlarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Bu «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasida belgilangan.
Unda ko‘rsatilishicha, dastur doirasida normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada:
chegaraoldi hududlarda dilerlik markazlari, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish joylari hamda boshqa turdagi maishiy xizmat ko‘rsatish obektlaridan tashkil topgan savdo majmualarini barpo etish;
vizasiz tartib joriy qilinmagan xorijiy davlat fuqarolariga 7 kun davomida savdo majmualari hududiga tegishli vizani rasmiylashtirmasdan turib tashrif buyurishlariga ruxsat berish nazarda tutiladi.
Shuningdek, bojxona tartibotlarini soddalashtirish hamda sohaga davlat-xususiy sherikligi asosida tadbikorlarni jalb qilish maqsadida chora-tadbirlar rejasi tuziladi.
Bunda barcha hududlarda zamonaviy talablarga javob beradigan, “yagona darcha” tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatadigan bojxona komplekslarini barpo etish maqsadida:
yangi zamonaviy chegaradan o‘tkazish terminallarini davlat-xususiy sherikligi asosida barpo etish uchun texnik va moliyaviy shartlarni tayyorlash;
2019–2021 yillar davomida kamida 8 ta, shundan 2019-2020 yillarda 4 ta davlat-xususiy sherikligi asosida o‘tkazish terminallarini barpo etish;
chegara bojxona postlarida nazorat tartibotlarini bajarishda sanitariya-epidemiologiya, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari faoliyatining samarali va operativ muvofiqlashtirilish;
respublikaning barcha chegara-bojxona postlari infratuzilmasini o‘rganish va ularni tegishli miqdorda zamonaviy inspektsion-ko‘rik majmualari (skanerlar) va bojxona nazoratining boshqa texnik vositalari bilan jihozlash nazarda tutiladi.
Eksport qilinayotgan mahalliy mahsulotlari xorijiy davlatlardagi rasmiylashtiruv vaqtini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq:
eksport qilinayotgan mahsulotlari chet davlatlari hududiga yetib borishidan oldin ruxsat etuvchi (muvofiqlik va veterinariya sertifikatlari, karantin ruxsatnomasi va boshqalar) hujjatlarni real vaqt rejimida almashish, shuningdek uni vakolatli organlar o‘rtasida integratsiyalash bo‘yicha dasturiy ta'minot ishlab chiqish;
asosiy eksport qilinadigan hamda eksport salohiyati mavjud davlatlardagi vakolatli organlari bilan o‘simliklar karantini, sanitar-epidemiologik nazorat, standart va veterinariya sohasida xalqaro shartnomalar tuzish hamda mavjudlarini qayta ko‘rib chiqish orqali nazoratini soddalashtirish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
13:29 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Xitoy aniq qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
14:30 / 02.11.2024