Strategik tarmoqlarda bosqichma-bosqich islohotlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, neft-gaz, temir yo‘llari, havo yo‘llari, kimyosanoat, energetika, kon-metallurgiya va boshqa shu kabi strategik tarmoqlarda bosqichma-bosqich islohotlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Unga muvofiq, normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyiha bilan “O‘zbekneftgaz”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zbekiston havo yo‘llari”, “O‘zbekenergo” AJlari, Navoiy kon- metallurgiya kombinati va shu kabi strategik korxonalarni bosqichma-bosqich isloh qilinadi.
Xususan:
“O‘zbekneftgaz” AJ negizida infratuzilmaviy korxonalarni davlat ixtiyorida qoldirib, raqobat mavjud bo‘lgan sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalardagi kompaniya ulushini bozor qiymatida auksion orqali investorlarga sotish;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidan transport - ekspeditorlik, vagon tashuvlarni xususiy sektorga berish hamda temir yo‘l vokzallari va temir yo‘l infratuzilmasining boshqa obektlarini boshqarishni davlat-xususiy sheriklik va autsorsing asosida xususiy sektorga berish ko‘zda tutiladi.
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
13:29 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Xitoy aniq qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
14:30 / 02.11.2024
DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
14:20 / 07.10.2024
Koreya O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildiryapti
07:07 / 23.08.2024