Amerikaliklar Xitoyga borish ular uchun xavfli ekanligidan ogohlantirildilar
AQSh davlat departamenti amerikalik fuqarolarni Xitoyga borish xavfli bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi, chunki Xitoy hukumati ularga yurtlariga qaytishga to‘sqinlik qilishi mumkinligi xavfi bor. Bu haqda davlat departamenti saytidagi xabarda aytilgan.
Ma'lum qilinishicha, Xitoy rahbariyati o‘z vakolatlaridan amerikaliklarga Xitoy hududini tark etishga yo‘l bermaslik uchun foydalanmoqda. Jumladan, gap “chiqishga taqiq” deb atalgan chora haqida ketmoqda. Ushbu taqiq yordamida amerikaliklar Xitoydan yillab chiqarilmasliklari mumkin.
Davlat departamentida ta'kidlanishicha, amerikaliklar AQSh konsullik xizmatlariga murojaat qila olmay yoki ular sodir etgan jinoyat bo‘yicha biror ma'lumot ololmay hibsda ushlanib turilishlari mumkin. Shuningdek, ular “davlat xavfsizligi” bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra so‘roqlarga tortilishlari mumkin.
Dekabr o‘rtalarida Xitoy Huawei kompaniyasi bosh direktori Men Vanchjou AQSh so‘rovi bo‘yicha Kanadada hibsga olingandan keyin ikki kanadalikni hibsga olgandi. Ular Shimoliy Koreyaga sayohlik safarlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullangan Maykl Speyvor va Kanadaning Pekindagi elchixonasining sobiq vitse-konsuli Maykl Kovrig bo‘lgan. Davlat departamenti bu hibsga olishlar yuzasidan xavotir bildirilgan.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024