Jamiyat | 13:38 / 04.01.2019
6154
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida yuz bergan yong‘inda uy egasining kuygan holdagi jasadi topildi

Illyustrativ foto

Shu yilning 4 yanvar kuni Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida yashagan B.Sh.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Oqibatda uyning 140 kv.m. maydonida tomi, shifti, jihozlari yonib zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida B.Sh.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.  

Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘rta Chirchiqda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid