Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar yog‘ochlar ostiga yashirilgan 4,2 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari va sifati kafolatlanmagan bioaktiv qo‘shimchalarni fosh etishdi
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash boshqarmasi hamda Buxoro viloyati bojxonachilari tomonidan katta miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni davlatdan Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Juizar” mas'uliyati cheklangan jamiyati nomiga import tartibida olib kelingan yog‘och mahsulotlari bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada vagonlar ostki qismiga yashirilgan umumiy qiymati 4 milliard 220 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi 19 turdagi 102 ming 118 dona pirotexnika vositalari hamda 56 turdagi 5613 dona “Gerbolayf” nomli sifati kafolatlanmagan bioaktiv qo‘shimchalar borligi fosh etildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:41 / 17.01.2026
Noqonuniy paqildoq va salyut otishning jazosi kuchaytirildi
19:43 / 13.01.2026
Xavflilik darajasi yengil bo‘lgan pirotexnika buyumlariga ruxsat beriladi
17:53 / 01.01.2026
Farg‘onada qo‘lbola salyut otganlar javobgarlikka tortildi
12:29 / 28.12.2025