Jahon | 15:21 / 06.01.2019
9470
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Eron Kaspiy dengizida birgalikda harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazadi

Eron HDK Rossiya HDF bilan hamkorlikda Kaspiy dengizida harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazadi, deb ma'lum qildi Eron harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni, kontr-admiral Husayn Xonzodiy.

"Eron harbiy-dengiz kuchlari Rossiya HDF bilan hamkorlikda yaqin vaqt ichida taktik, qutqaruv va qaroqchilarga qarshi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni rejalashtirgan", dedi Xonzodiy Mehr agentligiga bergan intervyusida.

Xonzodiyning qayd etishicha, Eron va Rossiya harbiy-dengiz kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik keyingi yillarda mustahkamlangan.

Kaspiy dengizida Eron va Rossiya hamkorligidagi harbiy-dengiz mashg‘ulotlari 2015 yilda o‘tkazilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid