Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Nukusda yo‘lovchi poyezdi o‘smirni bosib ketdi
Illyustrativ foto
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Nukus shahri temir yo‘l vokzali yonida bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida ma'lumot berdi, deb yozmoqda Makan nashri.
Ma'lumotda aytilishicha, 2019 yil 5 yanvar kuni soat 13:45la Nukus shahri hududidan o‘tuvchi «Xo‘jayli-Nukus» temir yo‘li peregonining 2-piketi 699-kilometrida 334-sonli «Saratov-Urganch-Toshkent» yo‘lovchi tashuvchi poyezdini tortib kelayotgan UZTE16M2-033-son teplovozi o‘smirni urib ketgan.
Qayd etilishicha, Nukus shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan R.D. temir yo‘l relsi o‘rtasidan quloqchin taqqan holda o‘tayotgan bo‘lgan. Natijada u voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha hozirgi vaqtda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:00
Rossiya armiyasi yo‘lovchi poyezdiga dron bilan zarba berdi: halok bo‘lganlar bor
15:21 / 26.01.2026
Ayrim shaharlararo poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi
19:37 / 25.01.2026
Samarqandga ketayotgan “Afrosiyob” poyezdi texnik nosozlik sababli Chinozda to‘xtab qoldi
12:34 / 23.01.2026