Kim Chen Inning tug‘ilgani kunida shimoliy koreyalik o‘quvchilarga shirinliklar ulashildi
Shimoliy koreyalik o‘quvchilar 8 yanvarda mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning tavallud kuni munosabati bilan sovg‘a sifatida shirinliklar olishdi. Sovg‘a to‘plamiga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning qandolatchilik mahsulotlari: marmelad, vafli, pechene, saqich va karamellar kirgan. Har bir sovg‘aning umumiy og‘irligi 1 kgni tashkil qilgan.
Kim Chen In 8 yanvarda tug‘ilgan, biroq u 2011 yilda hokimiyat tepasiga kelgandan beri tavallud kuni milliy bayram sifatida biror marta nishonlanmagan. Barcha mahalliy taqvimlarda 8 yanvar oddiy kun qilib belgilangan.
Biroq shunga qaramay, Shimoliy Koreyaning barcha aholisi 8 yanvar qanday kunligini biladi va o‘qituvchilar sovg‘alarni ulashib, bu mamlakat rahbarining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘quvchilarga davlat tomonidan qaratilgan e'tibor ekanligini eslatib o‘tishadi.
Shu bilan birga Kim Chen Inning tug‘ilgan yili haqida rasman hech narsa ma'lum qilinmagan. Turli manbalarda Shimoliy Koreya yetakchisining tug‘ilgan yili sifatida 1982, 1983 yoki 1984 yillar taxmin qilinadi.
Shimoliy Koreyaning marhum sobiq yetakchilari – Kim Chen Inning bobosi Kim Ir Sen va otasi Kim Chen Irning tug‘ilgan kunlari mamlakatdagi yirik bayramlar hisoblanadi va katta tantanalar bilan o‘tadi. 15 aprel Shimoliy Koreyada mamlakat asoschisi Kim Ir Sen sharafiga “Quyosh kuni” sifatida nishonlanadi. U 1912 yil aynan shu kuni dunyoga kelgan. Kim Chen Ir esa 1942 yil 16 fevralda tavallud topgan va bu kun Shimoliy Koreyada “Yorqin yulduz kuni” sifatida bayram qilinadi.
Bolalarga mamlakat yetakchisining tug‘ilgan kunida shirinliklar ulashish 1980 yilda Kim Ir Sen tomonidan an'anaga kiritilgan.
Kim Chen In joriy tug‘ilgan kunini Xitoyda kutmoqda. U bu yerga Si Tszinpin bilan muzokaralar o‘tkazgani 7 yanvarda keldi.
Mavzuga oid
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
20:15 / 27.10.2024