O‘zbekiston | 12:08 / 09.01.2019
5490
8 daqiqa o‘qiladi

Ehtiyojmand oilalar farzandlarining uzluksiz ta'lim olishini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli bolalar va ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini uzluksiz ta'lim olishini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan quyidagilar:

Ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini uzluksiz ta'lim olishini moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi;

Ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini aniqlash tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlanishi mumkin.

Ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini uzluksiz ta'lim olishini moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

yoshi, qobiliyati va ixtisosliklariga ko‘ra ehtiyojmand oilalar farzandlari, shu jumladan ularning iqtidorli bolalari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish;

ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar (takliflar) ishlab chiqish;

ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Toshkent shahri, tuman va shaharlar rahbarlarining ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hisobotlarini eshitish;

ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hududiy komissiyalar ishlarini muvofiqlashtirish.

Belgilab qo‘yilishicha:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonunchilikda belgilangan tartibda iqtidorli bolalar, kam ta'minlangan va ijtimoiy ehtiyojmand oilalar ishsiz boquvchilarini tadbirkorlikka jalb etish, zaxiralangan ish o‘rinlariga joylashtirish hamda ularni kasbga qayta o‘qitish va malakasini oshirishga bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish choralarini ko‘radi;

Xalq ta'limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy – amaliy tadqiqot markazi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ijtimoiy ehtiyojmand oilalardagi muhitni o‘rganish, ularni ijtimoiy sog‘lomlashtirish, oilaning ijtimoiy va ma'naviy barqarorligini ta'minlash, mamlakatimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Sog‘liqni saqlash vazirligi iqtidorli bolalar hamda ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning nogiron bo‘lgan boquvchilarini o‘rnatilgan tartibda imtiyozli asosda davolash choralarini ko‘radi;

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi iqtidorli kam ta'minlangan va ijtimoiy ehtiyojmand oilalarda tarbiyalanayotgan o‘quvchilarni maktab formasi va o‘qishi uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish mablag‘lari, xayriya mablag‘lari va qonunchilikda ta'qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ta'minlaydi.

Ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra,  ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini uzluksiz ta'lim olishini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishdan maqsad – iqtidorli o‘quvchilarni izlab topish hamda munosib rag‘batlantirish, kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarda tarbiyalanayotgan o‘quvchilarning uzluksiz ta'lim olishiga ko‘maklashish, ushbu toifadagi yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashi va kelajakda hayotini to‘g‘ri qurilishiga yordamlashishdan iborat.

Ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini uzluksiz ta'lim olishini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash mahalliy, hududiy va respublika komissiyalari tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ta'lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasi asosida amalga oshiradi.

Ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari har bir o‘quvchining oilaviy sharoiti, iqtidori va qiziqishidan kelib chiqqan holda individual tarzda amalga oshiriladi.

Ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini uzluksiz ta'lim olishini moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ta'lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan mahalliy komissiyalarga yozma tavsiya bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

rag‘batlantirish uchun tavsiya qilinayotgan ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalarida g‘olib va sovrindorligini tasdiqlovchi diplomlar va boshqa shu kabi hujjatlar nusxasi (mavjud bo‘lganda);

o‘quvchi va uning oila a'zolari pasport va/yoki tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomasi nusxalari;

o‘quvchining oila a'zolari I- va/yoki II-guruh nogironligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (mavjud bo‘lganda);

o‘quvchi oilasi boquvchisini yo‘qotganligi to‘g‘risida hujjat nusxasi (mavjud bo‘lganda).

Rag‘batlantirish uchun tavsiya etuvchi organ komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.

Komissiya tomonidan rag‘batlantiriladigan moddiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini aniqlashda quyidagi ijtimoiy mezonlarga e'tibor qaratiladi:

a) o‘quvchining oilasi ko‘p bolaliligi (uch va undan ortiq bola mavjudligi);

b) o‘quvchining oila a'zosi(lari) I- va/yoki II-guruh nogironligini bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;

v) yolg‘iz ona (ota) tomonidan ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan farzandlar tarbiyalayotgan oiladan ekanligi;

g) o‘quvchi tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar darajasi, ular qatnashgan tanlovlar, musobaqa va olimpiadalarning nufuzi, xalqaro maydonda tutgan o‘rni;

d) o‘quvchining jamoat ishlaridagi faolligi, shu jumladan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining quyi tuzilmalari faoliyatidagi ishtiroki (yozma tavsiyasi ko‘rsatiladi).

Respublika, hududiy va mahalliy komissiyalar ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini uzluksiz ta'lim olishini rag‘batlantirishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilishlari kerak:

ijtimoiy adolatga so‘zsiz rioya qilish;

keng oshkoralik va ochiqlikni ta'minlash;

ehtiyojmand oilalar farzandlarini, shu jumladan ularning iqtidorli bolalarini rag‘batlantirishni manzilli tarzda amalga oshirish yo‘li bilan shu maqsadlarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek boshqa vositalardan maqsadli va samarali foydalanish;

oila a'zolarining moddiy farovonligi, bolalarni tarbiyalash, ularni har tomonlama jismoniy, aqliy va ma'naviy-axloqiy kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ma'lumoti va kasb darajasini oshirish borasida oilaning mas'uliyatini kuchaytirish.

Respublika, hududiy va mahalliy komissiyalar tomonidan hujjatlar bir yilda ikki marotaba 30 iyul va 28 fevralgacha ko‘rib chiqiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid