Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron TIV AQSh fuqarosi qo‘lga olinganini xabar qildi
Eron Tashqi ishlar vazirligi (TIV) rasmiy vakili Bahrom Qosimiy Eron shimoli-sharqidagi Mashhad shahrida AQSh fuqarosi Maykl Uayt qo‘lga olinganini tasdiqladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilgan.
Bayonotda qayd etilishicha, Eron rasmiylari AQShni «hibsga olinishning dastlabki kunlarida» Qo‘shma Shtatlari fuqarosi ushlangani haqida xabardor qilgan.
8 yanvar, seshanba kuni The New York Times gazetasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 46 yoshli faxriysi Maykl Uayt Eronda qo‘lga olingani haqida yozgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa ittifoqi Eronga nisbatan terrorizmga qarshi sanksiyalarni kengaytirgandi.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026