Jahon | 12:42 / 10.01.2019
5380
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya aeroportlarida ish tashlashlar sababli yuzlab reyslar bekor qilindi

Foto: REUTERS

Germaniyaning uchta aeroportida xavfsizlik xizmati xodimlarining ish tashlashlari sababli yuzlab reyslar bekor qilindi. Bu haqda Shtuttgart, Kyoln/Bonn va Dyusseldorf aeroportlari matbuot xizmati ma'lum qildi.

Dyusseldorfja 570ta reysdan 350tasi, Kyoln/Bonnda 130dan ortiq reys bekor qilingan. Shtuttgart aeroportida 500ga yaqin reys bekor bo‘ldi. Parvoz jadvalidagi o‘zgarishlar 110 mingdan ortiq yo‘lovchiga ta'sir ko‘rsatadi.

Xavfsizlik xizmati xodimlarining ish tashlashlari 11 yanvargacha davom etadi. Ular oylik maoshlariga 20 yevro qo‘shilishini talab qilishmoqda. Avvalroq Berlindagi aeroportlarda xuddi shunday aksiyalar o‘tkazilgandi. 

Mavzuga oid