Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Reklama to‘g‘risida»gi qonun yangi modda bilan to‘ldirildi

Foto: iStock
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq so‘zi”da e'lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Reklama to‘g‘risida»gi 723–I-sonli Qonuni quyidagi mazmundagi 221-modda bilan to‘ldirildi:
«221-modda. Energetik ichimliklar reklamasi
Energetik ichimliklar reklamasida bunday ichimliklarni haddan ziyod iste'mol qilishning zarari to‘g‘risidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud bo‘lishi kerak.
Energetik ichimliklar reklamasi ichimliklarni iste'mol qilish jarayonlarini namoyish etmasligi, ushbu jarayonlar iste'molchilarning ijtimoiy va sportga oid muvaffaqiyatga erishishi yoki jismoniy hamda ruhiy holati yaxshilanishi uchun muhim ahamiyatga ega degan taassurotni yuzaga keltirmasligi kerak.
Quyidagilar taqiqlanadi:
soat 7-00 dan soat 22-00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;
reklama qilish maqsadida energetik ichimliklar namunalarini o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida tekin tarqatish;
asosan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar uchun mo‘ljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan yoki tasviridan foydalaniladigan bo‘lsa;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida energetik ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoki tasviri tushirilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlarni va shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
asosan bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va ta'lim muassasalarida energetik ichimliklarni reklama qilish».
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
Mavzuga oid

14:34 / 09.07.2025
“Davolovchi” bilakuzuklar: shifomi yoki reklama tuzog‘i?

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

16:07 / 03.07.2025
Raqobat qo‘mitasi Kia Sonet reklamasidagi qonunbuzilish sabab Roodell'ni jarimaga tortdi

12:38 / 23.06.2025