Tesla kompaniyasi asoschisiga Xitoy “grin-kartasi” taklif qilindi
XXR davlat kengashi rahbari Li Ketsyan Amerikaning Tesla avtozavodi boshlig‘i Ilon Mask bilan uchrashuvda unga Xitoy "grin-kartasi" berilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda XXR davlat kengashi matbuot xizmati xabar qildi.
Li Ketsyan Shanxayda Tesla zavodi qurilishiga rasmiy start berilganidan so‘ng Ilon Mask bilan uchrashdi.
"Shanxaydagi Tesla zavodini butun dunyo uchun namunaga aylantirmoqchiman. Xitoyni judayam sevaman va bu yerga tez-tez kelishga tayyorman", dedi Mask.
Li Ketsyan, o‘z navbatida unga doimiy ravishda yashash huquqi berilishi mumkinligini bildirdi.
Avvalroq Mask zavod qurilishining birinchi bosqichi yozda yakuniga yetishini, yil oxiriga kelib Model 3 elektromobillari ishlab chiqarilishini aytgandi.
"Jenmin jibao" gazetasining yozishicha, Xitoyda xorijliklar doimiy yashash huquqini olishlari juda qiyin ish bo‘lib, buning uchun shaxs kamida Nobel mukofoti sovrindori yoki mashhur sport yulduzi bo‘lishi lozim.
2004 yildan 2016 yilgacha Xitoy 10 mingga yaqin xorijlikka doimiy yashash huquqini bergan. Ular orasida yadroviy fizik Joan Xinton, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Robert Mandell, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari Kurt Vyutrix va Bernard Feringa, amerikalik basketbolchi Stefon Marberilar bor.
Tesla Shanxayda yiliga 500 mingta avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod qurishni rejalashtirgan, Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, zavod qurilishi 5 milliard dollarga tushadi.
Mavzuga oid
23:39 / 08.11.2024
Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshdi
10:57 / 07.11.2024
AQShda dunyodagi eng tezkor politsiya mashinasi taqdim etildi
23:09 / 24.10.2024
Tesla aksiyalari ijobiy prognozlar fonida 20 foizga qimmatlashdi
23:57 / 18.10.2024