Iqtisodiy rivojlanişga kömaklaşuv markazi (CED) rahbari Yuliy Yusupov xalq orasida "Çernyayevka" nomini olgan bojxona postida yangi zal oçilişi marosimida iştirok etdi va şunga doir fikrlari bilan bölişdi.

"Ğiştköprik" bojxona postida ("Çernyayevka") pasport nazorati va bojxona tekşiruvidan ötiş uçun yangi zalning oçilişida qatnaşdim. Taklifdan ajablandim: kuzda facebook'da odamlarning post orqali ötişi yomon taşkil qilinganiga oid ikki yoqimsiz izoh naşr etdim (ba'zi elektron OAV u bilan bölişdi). Mening fikrimça, navbatlardagi tirbandlik eng avvalo tösiqlar va panjaralardan foydalaniş tufayli yuzaga kelar edi. Bu esa:
a) odamlarning şusiz ham kiçik joyining bir qismini olar edi;
b) ba'zi holatlarda siqilişga olib kelib, fizika qonunlariga muvofiq tirbandlikka olib kelardi.
Ikki maqolamdan keyin eng xavfli tösiqlar olib taşlandi va uçinçi izohimda bu haqida yozdim.
Mana, yangi keng zal ham qurib, ekspluatatsiyaga kiritildi. Undan Özbekistonga kirişda foydalaniladi. Ilgari ikki qismga bölingan eski zal endi töliq mamlakatdan çiquvçilar uçun ajratilgan. Kabinkalarning köpi - pasport nazorati va buyumlarni tekşiruvçi qurilmalar uçun. Imkoniyati çeklangan şaxslar va sayyohlar uçun alohida kabinkalar ajratilgan. Postning ötkaziş quvvati sezilarli darajada oşgan. Örindiqlar örnatilgan. Suv uçun kulerlar örnatilişi rejalaştirilmoqda. Nogironligi bölgan kişilar va keksalar uçun aravaçalar keltiriş haqida öylaşmoqda. Asosiysi, heç qanday tösiq va panjaralar yöq! Yaşang!


Bojxona qömitasi vakillari va post işçilari bilan muloqot davomida ma'lum bölişiça, mening postlarim va ularga nisbatan jamoatçilikning reaksiyasi yangi zalni quriş va işga tuşirişga doir işlarning tezlaşişiga turtki bergan. Jamoatçilik fikrini barça inobatga olayotgani köp bora ta'kidlandi va bu yaxşi.
Aytgança, Bojxona qömitasi vakillari bilan yuqori boj tölovlari işlab çiqaruvçilarimizni himoya qilmasligi, balki bojxona organlari faoliyati uçun qiyinçiliklar yuzaga keltirişi, kontrabanda va korrupsiya uçun qulay muhit yaratişiga doir fikrimiz töliq muvofiq kelişi aniqlandi. Öz muammolarini yuqori bojxona tölovlari evaziga hal qilişga urinuvçi turli lobbistlar bilan hamkorlikda kuraşişga kelişib oldik. 2018 yilning iyunida bojxona tölovlarining radikal qisqarişi va hatto aksariyat tovarlar böyiça ularning töliq bekor qilinişiga doir qaror qabul qilinişiga qaramay, dekabr oxirida bu qaror qator pozitsiyalar böyiça yuqori bojxona tölovlarini saqlab qoliş foydasiga qisman qayta körib çiqildi.












