Davlat bojxona qömitasi raisi A.Mavlonov quriliş-bunyodkorlik işlari jadal davom etayotgan “Ğiştköprik” çegara bojxona postida böldi.
Ma’lum qilinişiça, hozirda 9 gektar maydonni qamrab olgan mazkur obekt oddiy raqamlaşgan post emas, balki intellektual bojxona posti sifatida qayta şakllantirilmoqda.

Şu vaqtga qadar faqat jismoniy şaxslar uçun qöllanilib kelingan ikki yölakli — “yaşil” va “qizil” yölak tizimi endilikda yengil avtotransport vositalari uçun ham joriy etiladi.
Bu maqsadda uşbu postga nafaqat respublika, balki butun mintaqada ilk bor yengil avtotransport vositalari uçun möljallangan Z portal skaner majmuasi örnatildi. Postda navbatlarning oldini oliş uçun 16 ta avtoyölak barpo etilgan, avtobuslar esa alohida yölaklar orqali harakatlanadi.

Natijada, post orqali bir kunda 1 500 dan ortiq avtotransport vositasi va 50 mingdan ziyod yölovçi bemalol ötişi imkoniyati yaratiladi.
Inşootda “yaşil energiya”dan foydalanişga ham alohida e’tibor qaratilgan: quyoş panellari bir vaqtning özida elektr energiyasi bilan ta’minlaş va avtoturargoh vazifasini bajaradi.

Quriliş loyihasini amalga oşirişda hududni kökalamzorlaştiriş, mavjud daraxtlarni asrab qolişga alohida e’tibor qaratilgan. Loyihalaş işlari daraxtlarning joylaşuvidan kelib çiqib ta’minlangan, joriy kuzgi mavsumda esa qöşimça 2 mingta köçat ekilgan.













