Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilhom Ne'matov Hindiston elchisi bilan Gujarat sammitini muhokama qildi
2019 yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Hindiston Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasining Hindiston bo‘lib o‘tadigan «Dinamik Gujarat» 9-Xalqaro investitsiya sammitida ishtirokiga va oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqildi.
Suhbat davomida Gujarat sammiti doirasida rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali va kun tartibi hamda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtiroki bilan bog‘liq tashkiliy-protokol xarakterdagi masalalar muhokama qilindi. Tibbiyot, farmatsevtika va ta'lim sohalarida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishning zarurligi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Hindistonga borishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026