Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Hindistonga taşrif buyuradi. Bu haqda Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov Xalqaro press-klubning navbatdagi yiğilişida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ne'matovning sözlariga köra, Özbekiston prezidenti Hindistonning Gujarat ştatiga boradi. Taşrif bir haftadan söng - taxminan 17-18 yanvar kunlari amalga oşiriladi.
Qayd etilişiça, Gujarat ştatida işbilarmonlik sammiti va körgazma taşkil etiladi. Körgazma farmatsevtika mahsulotlari va yengil sanoat sohasiga bağişlangan böladi. Yiğilişda ma'lum qilinişiça, Özbekiston körgazmasiga taxminan 4 mingga yaqin kişining taşrif buyurişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 30 sentabr – 1 oktabr kunlari Hindistonda taşrif bilan bölgandi. Taşrif davomida Özbekiston prezidenti Hindiston rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Ma'lumot uçun: Özbekiston prezidenti joriy yilning 20-22 yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga taşrif buyuradi.












