Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko yaqin ikki yilda Belarus mustaqilligi mustahkamlikka tekshirilishini aytdi
Belarus mustaqilligi yaqin ikki yil ichida mustahkamlikka tekshiriladi. Bunday bayonot bilan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko chiqdi.
“Davlatimiz, xalqimiz uchun nafaqat 2018 yil, balki 2020 yil ham qiyin yil bo‘ladi”, deb aytgan Lukashenko.
Uning aytishicha, yaqin ikki yilda mamlakatning mustahkamligini tekshirishga kuchli urinish bo‘ladi. “Biz hamisha va har yerda gapiradigan mustaqillikka loyiq-noloyiqligimizni tekshirishadi”, deb tushuntirgan Belarus prezidenti. Biroq u mamlakat mustaqilligi masalasi kim tomonidan va qanday yo‘sinda ko‘tarilishiga aniqlik kiritmagan.
2018 yil davomida Lukashenko mustaqillik va suverenitet mavzusini bir necha marta ko‘targan. Dekabrda u davlati hech qachon Rossiya tarkibiga kirmasligini, suverenitet tushunchasi davlati uchun muqaddas tushuncha hisoblanishini aytgan. Shu bilan birga, Lukashenkoning ta'kidlashicha, unga Rossiya tarkibiga kirish bo‘yicha takliflar bildirilmoqda.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026