Tramp Meksika bilan chegarada devor qurishga mablag‘ topdi – OAV

Foto: Kevin Lamarque/Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada himoyalovchi devor qurish uchun butun mamlakat bo‘ylab muhandislik ishlarini o‘tkazish, jumladan Puerto-Rikoning dovuldan aziyat chekkan hududlarini tiklash uchun mo‘ljallangan mablag‘larning qo‘llanmagan qismidan foydalanishi mumkinligini aytdi. Bu haqda NBC News telekanali ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, bu mablag‘larni qo‘llash taklifi Trampning janubiy chegaraga tashrifi vaqtida AQSh mudofaa vazirligining yuqori lavozimli amaldorlari bilan muhokama qilingan.
Tramp AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari muhandislik korpusi jamg‘armasining tabiiy ofatdan aziyat chekkan hududlarga yordam uchun mo‘ljallangan 13,9 mlrd dollarlik mablag‘laridan foydalanishi mumkinligidan xabardor qilingan.
Ta'kidlanishicha, Tramp bu mablag‘lardan Kaliforniyada toshqinlarning oldini olish va ulardan himoyalanish loyihalariga ajratilgan mablag‘dan 2,4 mlrd dollarini hamda “Mariya” dovulidan keyin Puerto-Rikoni tiklash loyihalariga ajratilgan mablag‘dan 2,5 mlrd dollarini olishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari muhandislik korpusi 315 millik devorni 18 oyda qurib bitkaza oladi.
AQSh kongressidagi demokratlar vakili Nidiya Velaskes demokratlar Trampni yuqoridagi jamg‘arma mablag‘larini qo‘llashiga qarshi kurashishlarini aytgan.
“Minglab amerikalik fuqarolarning hayotini olib ketgan ulkan ofatlardan aziyat chekkan Puerto-Riko kabi joylar uchun mo‘ljallangan pullarni Donald Trampning ahmoqona, haqoratomuz va nafratona devoriga to‘lash uchun olish dahshatli bo‘lar edi. Real falokatlardan pullarni prezident yaratgan inqirozga olish mutlaq nomaqbuldir va Amerika xalqi bunga uchmaydi”, deb aytgan Velaskes.
Hozirda devor uchun mablag‘ ajratish borasidagi kelishmovchiliklar AQSh hukumati faoliyatining vaqtinchalik to‘xtashiga sabab bo‘lmoqda.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda kurerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 11:16
-
🔴 LIVE: AQSh-Eron urushi: bo‘rondan avvalgi sokinlikmi?
Jahon | 11:15
-
O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda Yadro tibbiyoti markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:49
-
O‘zbekiston janubida harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti
O‘zbekiston | 10:45
Mavzuga oid

18:43 / 10.06.2025
Meksikada 42 tonna metamfetamin musodara qilindi

23:16 / 05.06.2025
AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari Meksikaga 10 mlrd dollar tovon to‘lamaydigan bo‘ldi

23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

15:18 / 18.05.2025