Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolton: AQSh Venesueladagi Maduro hokimiyatini tan olmaydi
AQSh Venesuelada prezident Nikolas Maduroning hokimiyatini tan olmaydi va bu mamlakat hukumatiga bosim uchun barcha choralarni qo‘llaydi. Bu haqda RIA «Novosti» Qo‘shma Shtatlar prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton bayonotiga asosan xabar bermoqda.
«Qo‘shma Shtatlar Venesuela diktatori Nikolas Maduroning hokimiyatga bo‘lgan noqonuniy da'volarini tan olmaydi. Uning 2018 yil may oyidagi «saylovi» butun dunyoda adolatsiz, erkin bo‘lmagan va ishonchsiz, deb hisoblandi», - deya ma'lum qildi u.
Boltonning qo‘shimcha qilishicha, «Maduro noqonuniy rejimi o‘z yetakchilarini erkin tanlash huquqini baland ovozda talab qilayotgan Venesuela barcha fuqarolarining xavfsizligi uchun bevosita mas'uldir».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina venesuelalik amaldorlar uchun mamlakatga kirishni taqiqlagandi.
Mavzuga oid
09:37 / 29.06.2026
Venesueladagi zilzila: vayronalar ostidagilarni qutqarishga juda kam vaqt qolmoqda
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
00:11 / 28.06.2026
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
10:45 / 27.06.2026