O‘zbekiston | 09:55 / 12.01.2019
3863
2 daqiqa o‘qiladi

Chet el fuqarolariga pulli asosda tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi

Foto: 123RF

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 8 iyundagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarining 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilishi mumkin:

“20. Chet el fuqarolari ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun haqni tasdiqlangan tariflardan oshirilgan miqdorlarda milliy valuta “so‘m”da to‘laydilar. Chet el fuqarolari uchun tariflarning oshirilgan miqdori Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Markazlar tomonidan belgilanadi.

Bunda, chet el fuqarolarini tibbiyot muassasasiga jalb qilgan yuridik shaxslarni rag‘batlantirish shartnomaga muvofiq ushbu mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.”.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid