Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Suriyadan qo‘shinlar olib chiqilishiga izoh berdi
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo amerikalik harbiylar Suriyadan olib chiqilishi mamlakatning harbiy harakatlar o‘tkazish imkoniyatlariga ta'sir ko‘rsatmasligini ma'lum qildi.
U AQShning maqsadi - eronlik harbiylar Suriyani butunlay tark etishiga erishish ekanini ta'kidlab o‘tgan.
«Bu asosiy maqsadimiz. Bu bizning missiyamiz. Biz turli metodlardan foydalanamiz. Bir necha ming harbiy Suriyani tark etishi - taktik o‘zgarish hisoblanadi. Bu bizning zarur harbiy harakatlarimiz mohiyatini o‘zgartirmaydi», degan Pompeo Abu-Dabida jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh «Eron o‘zini normal davlatdek tutishi»ni istaydi.
Tramp 2018 yilning dekabr oyi oxirida Suriyada IShID ustidan to‘liq g‘alabaga erishilganini e'lon qilgan va terrorchilarga qarshi kurashish amerikalik harbiylarning bu mamlakat hududida bo‘lib turishining yagona sababi ekani haqida aytgandi. Keyinroq Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders AQSh Suriyadan harbiylarini olib chiqishi, ammo IShID ustidan g‘alaba koalitsiya faoliyati to‘xtashini anglatmasligini aytib o‘tdi. 11 yanvar kuni Fox News telekanalida Amerika Suriyadan harbiy texnikalarini olib chiqqanini, ammo harbiylarning o‘zi hududda qolayotgani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026