Jahon | 22:17 / 13.01.2019
3197
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda ShHT davlatlarining xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Foto: kabar.kg

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida 2019 yil aprel oyining 3-o‘nkunligida Bishkekda ShHT davlatlarining xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi kotibi Damir Sag‘inbayev ma'lum qilgan. 

Sag‘inbayevning ta'kidlashicha, ShHT davlatlari yetakchilarining bo‘lib o‘tajak sammiti doirasida mudofaa vazirlari, tashqi ishlar vazirlari va xavfsizlik kengashi kotiblari yig‘ilishlari kabi uchta katta tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ma'lum qilinishicha, fevral o‘rtalarida Pekinda o‘tadigan yig‘ilishda xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi o‘tadigan aniq sana muhokama qilinadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid