12:43 / 13.01.2019
3800

Tramp va Kim Chen Inning ikkinchi uchrashuvi Vetnamda bo‘lib o‘tishi mumkin 

Foto: AP Photo/Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning yangi uchrashuvi Vetnamda fevralda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bunday taklifni Tramp bildirgan, deb xabar berdi Yomiuri nashri.  

Ma'lum qilinishicha, Shimoliy Koreya ushbu taklifni ko‘rib chiqmoqda, biroq hali unga javob bermagan.

Vetnam rahbariyati ham ushbu uchrashuvni o‘tkazishga qiziqish bildirmoqda. Shu munosabat bilan Xanoyda AQSh va Shimoliy Koreya vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tib, unda ikki yetakchining bo‘lg‘usi uchrashuvi detallari muhokama qilingan.

Tramp va Kim Chen Inning tarixiy ilk uchrashuvi 2018 yil iyunda Singapurda bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Koreya yarimorolini yadroviysizlash bo‘yicha birgalikda ishlash haqida deklaratsiya imzolangan.  

Mavzuga oid
Top