Islohotlar köp mehnat va maşaqqatni talab etadi. Ijtimoiy masalalar esa bu işning eng oğriqli nuqtasi hisoblanadi, degandi mamlakatimizga kelgan Jahon banki vakili. Bunday oğriqli ijtimoiy masalalardan biri içimlik suvidir.
Navbatdagi murojaat sabab ijodiy guruhimiz bilan Toşkent viloyat Piskent tumaniga otlandik. Murojaatçilar bu safar «Anor» boğdorçilik uzumçilik şirkati a'zolari va rahbarlari edi. Şirkat hududida bir guruh şikoyatçilar va ularning advokati bilan uçraşdik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Hozirgi kunda köplab qişloqlar prezidentning «Obod qişloq» dasturiga binoan obod qilinib kelinmoqda. Biz esa öz hududlarimizni özimizning kuçimiz bilan körkamlaştiriş niyatida içimlik suvini hal qilmoqçi edik. Şu masalada içimlik suvi çiqariş masalasi böyiça yiğiliş ötkazdik. Uşbu yiğilişda Jamiyatning 80dan ortiq a'zolari iştirok etişdi. Bir ovozdan qaror qabul qilindi. Jamiyatimiz hududida sobiq ittifoq davrida qurilgan metall quvurlarni kesib olib, ularni sotib, evaziga 128 million söm elektr energiyasi qarzdorligini qoplamoqçi böldik. Qolgan mablağlar hisobiga içimlik suvi töplaş minorasi örnatib, plastmassa quvurlar orqali har bir köçaga suv olib kirişga qaror qildik. Şu yilning 18 oktabr kuni işlar boşlab yuborildi, suv töplaş minorasi olib kelib örnatildi, quvurlar kömiş uçun çuqurlar kavlandi. Ammo, 20 oktabr kuni Olmaliq şahar IIBdan tezkor vakil kelib, biror qarorsiz va bayonnoma rasmiylaştirmasdan, jamiyatimiz mulki ortilgan avtomaşinani şahar IIBga olib ketdi. Bu holatga e'tiroz bildirsakda, e'tirozlarimiz eşitilmadi, inobatga olinmadi. Bizga öxşaş boşqa şirkatlar şunday qurilişlarni qilişmoqda. Nega biz buni özimizning hisobimizdan qilamiz», deydi şirkat rahbari Tohir Irisbayev.

Aholining boşqa vakillari bilan suhbat qurganimizda ular köplab e'tirozlar bildirişdi.
«IIB xodimi heç qanday hujjatsiz kelib şirkatning mulkini olib ketaveradimi? Niyatimiz şu yerlarni obod qiliş bölsa, buning davlatga qanday zarari tegyapti?», deydi ular.

«Hududimizdagi trubalar 1986 yilda örnatilgan. Nasos işlataylik desak, boşqa mahallalar suvsiz qoladi. Öğirlik deb trubalarimizni olib ketişdi. Qanday qilib? Axir, bizning balansdagi mulk-ku? Hukumatni kutsangiz, navbatimizni kutiş kerak. Suvsiz holda. Suvni uzoq joylardagi zapravkalardan olib kelardik. Hozir ular ham bermay qöygan. Özimiz qilamiz desak, yöl bermasa. Noqonuniy iş qilayotgan bölsak, yöl-yöriğini körsatişsin. Qonuniy qilaylik. Özimizning hisobimizdan, birovga oğirligimiz tuşmasdan. Özimizda şaroit böla turib, boşqa joylardan suv olib kelamiz. Daraxt eksak, qurib ketyapti. Bu daraxtlarni ham pulga sotib olgan edik. Şu joylarimiz obod bölsin deb. Tirikçilik maqsadida mol-qöy sotib ololmasak. Masalan, menda yöq. Tomorqaga ekin ekolmaymiz. Rözğor uçun ozgina sabzavot olay deb bozorga boramiz. Bozor ham uzoq. Yana ham xalq sabr qilyapti», deydi yoşi uluğ murojaatçi Inobat Döstova.

Murojaatçilarning arz-dodlarini tinglagan holda hududni körib çiqdik. Bizni körgan jon borki, umid ilinjida öz dardini aytadi. Hududga kimdir kelib nima bölganini sörab qolsa, obdon boşidan tuşuntirib beraverişadi. Biz ham ularni tingladik. Şundan söng, Olmaliq tuman IIB binosiga ravona böldik.
Tuman bölimining navbatçi xodimi, özini «navbatçi Törayev» deya taniştirgan içki işlar mayor holatdan xabari borligini aytdi va şu iş bilan şuğullanayotgan tergovçi, IIB xodimi mayor Şuhrat Döstov bilan boğlab berdi. Uşbu xodim suhbat davomida bu suv quvurlari şirkatning mulki bölganini tan oldi. Uning aytişiça, hozir bu iş prokuratura nazoratiga olingan.

Mayor bilan suhbat vaqtida murojaatçining advokati e'tiroz bildirdi.
«Özbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 329-moddasi talabiga köra, jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boşqa ma'lumotlar röyxatga olinişi va darhol tekşiriş zarurati bölgan hollarda ön sutkadan keçiktirmasdan hal etilişi lozim. Alohida hollarda asoslantirilgan qarorga köra, prokuror tomonidan bir oyga uzaytirilişi mumkin. 2018 yil 20 oktyabrda boşlangan tergovga qadar tekşiruv Olmaliq şahar IIB tergov bölimi tomonidan oradan 2 oydan ortiq vaqt ötgan bölsa ham yakunlanmagan yoki qonuniy qaror qabul qilinmagan. Fuqarolarga qaytarilişi lozim bölgan quvurlar qaytarilmay, fuqarolarning qonun bilan qöriqlanadigan huquq va erkinliklari buzib kelinmoqda», dedi advokat.

Huquqni muhofaza qiliş organi xodimlariga birovning mulkini öğrilikda gumon qilib, tortib oliş şunçalik osonmi? Tortib olgandan söng, mulkni ularning balansida turganini bilib ham qaytarmay, aholini suvsiz qoldiriş mumkinmi? Bu işlar qonuniy yoki noqonuniy qilingani haqida xulosa çiqarişga bizning vakolatimiz yöq. Biroq, öz kuçi bilan suv çiqarmoqçi bölgan aholiga tösiq emas, kömak böliş maqsadga muvofiqdir.












