Ğarbiy Qozoğiston va Aqtöbe viloyatlarida joylaşgan «Alimbet» hamda «Sirim» nazorat-ötkaziş punktlari rekonstruksiya işlari olib borilişi sabab vaqtinça yopilişi rejalaştirilgan. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Qozoğiston Transport vazirligining Avtomobil transporti va transport nazorati qömitasiga köra, mazkur nazorat-ötkaziş punktlari 2025 yil 1 fevraldan boşlab 16 oy muddatga yopiladi.
«Milliy taşuvçilardan xalqaro yuk taşuvlarini amalga oşirişni rejalaştirişda uşbu ma’lumotni inobatga olişlarini sörab qolamiz», — deyiladi xabarda.
«Rosgranstroy» ma’lumotlariga köra, «Sagarçin—Jaysan» va «Ilek—Oqsoy» çegara ötiş joylari uçinçi davlatlar transporti uçun oçiq qoladi.
2024 yil noyabrda Rossiya va Qozoğiston çegarasida yuk taşuvçi maşinalar tirbandligi yuzaga kelgandi. Ta’kidlanişiça, bunga Xitoy tovarlarining RFga qöşni davlat orqali taşuvlari ortgani sabab bölgan. Bundan taşqari, qozoğistonlik bojxonaçilar deyarli har bir transport vositasini közdan keçiradi, bu esa ularning çegara punktida tört kunlab qolib ketişiga sabab böladi.












