Jahon | 15:21 / 14.01.2019
13828
3 daqiqa o‘qiladi

Aviakompaniya yo‘lovchilarni parvoz davomida yerda o‘tirishga majburladi

Foto: Wikipedia

TUI aviakompaniyasi yo‘lovchilari samolyot polida ikki soatlik parvoz davomida o‘tirishga majbur bo‘lishdi. Daily Mail xabariga ko‘ra, ular o‘rindiq talonlarida berilgan o‘rinlar aslida yo‘q joylar ekanini aniqlashgan.

44 yoshli yo‘lovchi Paula Teylor 55 yoshli eri Yan va o‘n yashar qizi Bruk bilan Menorka oroli aeroportiga oldindan kelgan, ular Birmingemga (Angliya) qaytish chog‘ida eng qulay samolyotga uchta o‘rin olmoqchi bo‘lishgan. Ularga 41-qatordan D, E va F o‘rinlari berildi, biroq bortga chiqishganidan so‘ng, bunday raqamlardagi o‘rindiqlar yo‘qligi aniqlandi.

Foto: PAULA TAYLOR

Shikoyatni olgach, ekipaj a'zolari bitta bo‘sh joy topib berishdi. Brukka unga uchish va qo‘nish vaqtida o‘tirib olish taklifi berildi, er-xotin esa bortprovodniklarga mo‘ljallangan maxsus o‘rindiqqa joylashtirildi. Biroq, samolyot balandlikka ko‘tarilgach, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ushbu o‘rindiqlar orqasida joylashgan yerdan foydalanishga majbur bo‘lishdi. Natijada oila yerda o‘tirib olgan.

TUI’dan tushuntirishlaricha, parvozdan oldin samolyot boshqasiga almashtirilgan, unda esa o‘rindiqlarning o‘zgacha joylashuvi bo‘lgan. Kompaniya ro‘y bergan hodisa uchun uzr so‘radi va yo‘lovchilarga chiptalar narxini to‘liq qoplab berish taklifi bilan chiqdi.

Bu aviakompaniya mavjud bo‘lmagan joyga chipta sotishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. 2018 yil sentabr oyida Indoneziyaning Lion Air loukosteri xodimlari samolyotda mavjud bo‘lmagan joylarga bir nechta yo‘lovchilarni joylashtirgani ma'lum bo‘ldi. Lion Air laynerida Palembang shahridan Jakartaga parvoz qilgan yo‘lovchi Stavika Ika internetda samolyot qatorlari fonida o‘z o‘rindiq taloni suratini joylashtirdi. Qizning chiptasida 35F o‘rni bo‘lgan, biroq  fotosuratga qaraganda, layner salonidagi so‘nggi qator 34-edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid