Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya MDH davlatlaridan shubhali pullarga ov e'lon qildi
Foto: TOBY MELVILLE, Reuters/Scanpix
Buyuk Britaniyada firibgarlik, korrupsiya va pul yuvish bilan kurashish uchun maxsus guruh shakllantiriladi, deya xabar bermoqda Deutsche Welle Britaniya Moliya vazirligi xabariga tayangan holda.
Guruhga moliya vaziri Filip Xammond va ichki ishlar vaziri Sajid Javid rahbarlik qiladi. Shuningdek, Santander, Lloyds va Barclays banklari vakillari pul yuvish bilan kurashishadi.
Maxsus guruh asosan Rossiya va sobiq SSSR respublikalari, Osiyo mamlakatlari hamda Nigeriyadan moliyaviy oqimlarni kuzatib boradi. Britaniya Moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda har yili moliyaviy jinoyatlar umumiy miqdori 14,4 milliard funt sterling (16,4 milliard yevro)ni tashkil qiladi.
Javidning ma'lum qilishicha, «o‘z cho‘ntagini «kir» pullar bilan to‘ldirayotgan va qonun bo‘ysunadigan fuqarolar hisobidan dabdabali hayot kechiradigan korrupsiyalashgan firibgarlarga» barcha jabhalarda kurash olib boriladi.
Britaniya Ichki ishlar vazirligi yaqin ikki yil ichida shubhali tranzaksiyalarni aniqlash tizimini takomillashtirish uchun maxsus guruhga 3,5 million funt sterling (3,9 million yevro) ajratishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
20:07 / 30.01.2026
Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro munosabatlarda «qayta tiklanish» davrini boshladi. Bu Trampga yoqmayapti
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
09:41 / 20.01.2026