Jamiyat | 12:05 / 14.01.2019
5307
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzordagi uyda yong‘in: xonadon egasining jasadi topildi

Illyustrativ foto

2019 yil 12 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashagan V.K. (ayol)ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga qaraganda, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. 

Oqibatda uydagi 1,5 kv.m. maydonida kreslo yonib, zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida V.K.ni kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid