Jahon | 16:46 / 14.01.2019
18937
1 daqiqa o‘qiladi

Dubaydagi restoran ovqatni oxirigacha yemaydigan mijozlarni jarimaga tortadi

Foto: Pinterest

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)da yangi restoran ochildi, unda tashrif buyuruvchilar ovqatni oxirigacha iste'mol qilmagani uchun jarimaga tortilmoqda. Bu haqda Time Out Dubai axborot portali xabar berdi.

Gulou Hotpot nomli yemakxona Dubayda joylashgan. Agar mijozlar 49 dirhamlik xogoga buyurtma berishsa, ular hamma narsani oxirigacha iste'mol qilishlari kerak bo‘ladi.

Stol ustida qaynaydigan qozondagi sho‘rvaga lag‘mon, go‘sht, tofu va sabzavotlarni o‘z ichiga olgan cheksiz miqdorda mahsulotlar qo‘shish mumkin. Buyurtma berilganidan so‘ng, ikki soat ichida mijozlar xohlagancha bepul ichimliklar olish imkoniga ega.

Biroq, agar taom oxiriga iste'mol qilinmasa, unda tashrif buyuruvchi yana 50 dirham to‘lashi kerak bo‘ladi.

Restoran rahbariyatining tushuntirishicha, shu tariqa mijozlarni taom tanlashga mas'uliyat bilan yondashishga undashmoqchi, shuningdek, chiqindilar miqdorini kamaytirishmoqchi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid