Fan-texnika | 21:30 / 15.01.2019
16542
1 daqiqa o‘qiladi

3D-printerda bosilgan dunyodagi eng uzun ko‘prik ochildi

Shanxayning markaziy bog‘ida 3D-printerda plastikda bosilgan dunyodagi eng uzun ko‘prik ochildi.

Ko‘prik akrilonitril-stirol-akrilatdan maxsus 3D-printerda qatlamma-qatlam usulida bosilgan. Akrilonitril-stirol-akrilat 3D-bosmada ishlatiluvchi akrilonitrilbutadiyen plastikning muqobili hisoblanadi, biroq yuqori mustahkamlikka ega va atrof-muhit sharoitlari hamda agressiv kimyoviy moddalar ta'siriga barqaror.

Ko‘prikning uzunligi 15,25 metrni, eni 3,8 metrni, eni esa 1,2 metrni tashkil qiladi. 

Ko‘prik o‘zining 5300 kg og‘irligi bilan har bir kvadrat metrga 250 kg yuklamani ko‘tara oladi. Ko‘prikni yaratish uchun 35 kun talab qilingan.  

Mavzuga oid