15:52 / 15.01.2019
15713

«Chelsi» Azarning «Real» uchun narxini ma'lum qildi

Foto: Getty Images

«Chelsi» belgiyalik hujumchisi Eden Azarni «Real»ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladi.

The Telegraph nashri ma'lumotiga ko‘ra, inglizlar klubi futbolchisi uchun kamida 112 mln yevro talab qiladi. 

Futbolchining «aristokratlar» bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha tuzilgan va tomonlar hozircha shartnomani uzaytirishga shoshilishmayapti.

Ayni vaqtda 28 yoshda bo‘lgan Azar «Chelsi»ga 2012 yil yozida «Lill» safidan kelib qo‘shilgandi. Transfer qiymati o‘shanda 35 mln yevroni tashkil qilgan. U Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 21 uchrashuvda maydonga tushib, 10 gol urdi va 10 golga uzatma berdi. U shuningdek, Yevropa Ligasida ikki uchrashuvda maydonga tushgan.

Futbolchi shu vaqtgacha bir necha marta «Real»ga o‘tish istagi haqida gapirgandi.

Top