Ukraina Qora dengizdagi o‘z megaloyihasi haqida o‘ylamoqda
Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysmanning Facebook’dagi sahifasida xabar berishicha, 2019 yilda Boltiq va Qora dengiz o‘rtasida Go Highway yuqori tezlikdagi transport yo‘lagini qurish uchun 4 milliard grivna (taxminan 141,5 million dollar) nazarda tutilgan.
Bosh vazirning qayd etishicha, Ukrainaga qarashli Odessa va Nikolayev Qora dengiz portlarini Polshaga tegishli Boltiq dengizidagi Gdansk hamda Gdin portlari bilan bog‘laydigan transmilliy yo‘lak logistika nuqtai nazaridan juda muhim hisoblanadi.
Groysmanning so‘zlariga ko‘ra, u Boltiq dengizidan Qora dengizigacha yuklar tashishni osonlashtiradi va arzon qiladi. Ukraina hududi orqali taxminan ming kilometrlik yo‘llar o‘tadi.
Umuman olganda, 2019 yilda Ukraina yo‘l sohasida 56 milliard grivna sarflashni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada Donbassdagi urushni shturm bilan yakunlash taklif qilingandi.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024