Jamiyat | 09:00 / 16.01.2019
20117
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Artel servis markazlariga innovatsion SAP tizimi tatbiq etildi

Artel kompaniyasining servis markazlariga mijozlar bilan ishlash jarayonini avtomatizatsiyalovchi SAP innovatsion nemis kompyuter tizimi tatbiq etildi.

Foto: Artel

Har qanday servis markazining asosiy vazifasi – bu mijozlarga eng qisqa vaqtda sifatli xizmat ko‘rsatish va ularning so‘rovlarini vaqtida qondirishdir. Ushbu sohada unumli mehnat qilish uchun servis markazlari nafaqat yuqori tajribali mutaxassislarga ega bo‘lishi, balki mijozlar bilan ishlash jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi lozim. Artel servis markazlarining ish jarayoniga SAP tizimining tatbiq etilishi mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini bir necha bor oshiradi.

Foto: Artel

SAP tizimi maxsus funksional bloklardan tashkil topgan va quyidagi sohalardagi masalalarni hal qila oladi:

·    Buxgalteriya va moliya bo‘limi;

·    Budjetlashtirish va g‘aznachilik; 

·    Xodimlar bilan ishlash, ma'muriyat;

·    Ta'minot, logistika (SCM, EWM);

·    Tizim boshqaruvi, ma'lumotlar hamda WEB-servislar nazorati va hokazo. 

Foto: Artel

SAP tizimi «Gazprom» va «Gazprom Neft», «Lukoyl» va «TNK», «Alrosa» olmos korxonasi, «Apple», «Walmart», «Amazon», «General Motors» kabi ko‘plab yirik korxonalarda faol ishlatiladi. 

Foto: Artel

O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida 34 ta Artel servis markazlari faoliyat olib bormoqda. Yangi innovatsion SAP tizimi o‘rnatilgan va 55 ta xizmat avtomobiliga ega bo‘lgan Artel servis markazlari mijozlarning barcha so‘rovlarini eng qisqa vaqtda qondirish uchun hamisha tayyor.

Foto: Artel

Qo‘shimcha ma'lumot uchun artelgroup.org, fb.com/arteluzb saytlariga tashrif buyuring yoki +99878 148 88 88 qo‘ng‘iroq qiling.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid