Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyadagi mehmonxonaga hujumdan keyin 50 kishi yo‘qolgani ma'lum qilindi
Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasining Keniyadagi bo‘limi Nayrobidagi Dusit mehmonxonasida terakt sodir etilgandan keyin 50 kishining qayerdaligi haqida ma'lumotga ega emasligini ma'lum qilgan.
“Hammasi bo‘lib odamlarning yo‘qolishi bo‘yicha 94 ta murojaat olingan. 16 yanvar soat 15ga ko‘ra, 44 ta murojaat ijobiy natija bilan yopilgan, 50 holat hali ham yakunlanishi kutilmoqda”, deyilgan Qizil xoch ma'lumotida.
15 yanvarda Dusit mehmonxonasi yonida portlash sodir etilib, so‘ngra otishma olib borilgan. Mamlakat huquq-tartibot idoralari hujumni terakt sifatida ko‘rib chiqishmoqda. 16 yanvarda Keniya prezidenti Uxuru Keniata hujum vaqtida 14 kishi halok bo‘lganini, jangarilarning barchasi yo‘q qilinganini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, xavfsizlik kuchlari mehmonxonadan 700 dan ko‘proq kishini evakuatsiya qilishgan.
Hujum uchun javobgarlikni asosan Somalida harakat qiluvchi “Ash-Shabob” ekstremistik guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
14:48 / 30.03.2026
Bitta «malika» 220 dollar. Keniyada noqonuniy chumoli savdosi avj oldi
10:05 / 17.03.2026
Keniya TIV: keniyaliklar endi Ukrainadagi urushga yollanmaydi
14:36 / 27.02.2026
Keniyaliklarni RF urushiga yollash: ayblanuvchi qo‘lga olindi
13:51 / 20.02.2026