Tramp Venesuela muxolifati yetakchisini prezident deb tan olishni rejalashtirmoqda – CNN
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela muxolifati yetakchisi, mamlakat milliy yig‘ini (parlament) spikeri Xuan Guaydoni Venesuelaning qonuniy prezidenti deb tan olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda vaziyatdan xabardor uchta manbaga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali ma'lum qildi.
AQSh va yana bir nechta davlat Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning 2018 yilgi saylovlardagi g‘alabasini tan olmayapti. Maduro uchun bu g‘alaba uning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanishini anglatadi. Tramp tomonidan Guaydoning prezident deb tan olinishi ramziy qadam bo‘lsa-da, biroq Vashingtonning Maduroga bosimini kuchaytiradi hamda “Maduro va uning atrofidagilarning xorijda yashirilgan moliyaviy aktivlarga egalik qilishini cheklashi mumkin.
AQSh ma'muriyatida Tramp tomonidan Guaydoning prezident deb tan olinishi Maduroning ba'zi ittifoqdoshlarini hukumatni tark etishga majbur qilishiga umid qilinmoqda.
Biroq AQSh milliy xavfsizligi kengashi matbuot kotibi Garret Markiz CNN’ga Tramp bunday chora haqida o‘ylayotganini tasdiqlashdan bosh tortgan. Shu bilan birga Markiz Vashington “Guaydoni qo‘llab-quvvatlashini” aytgan. Venesuela konstitutsiyasi Guaydoga davlat rahbari vakolatlarini bajarish huquqini beradi.
Tramp, shuningdek, Venesuela neft sanoatiga qarshi keskinroq choralar ko‘rish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bunday choralar orasida Venesuela neftiga to‘liq embargo kiritish bor.
Mavzuga oid
20:37 / 24.10.2024
Saxarov mukofoti Venesuela demokratik harakati yetakchilariga berildi
21:35 / 15.10.2024
Maduro Ilon Maskni Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
23:16 / 19.09.2024