Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda daryoda hosil bo‘lgan ulkan muz disk ko‘plab odamlarni o‘ziga jalb qilmoqda
AQShning Men shtatidagi ulkan muz disk diqqatga sazovor obektga aylandi. Bu haqda Portland Press Herald nashri ma'lum qildi.
Oyga yoki uchar likopchaga o‘xshash muz disk yaqindagina Prespumskot daryosida hosil bo‘lgan. U o‘z atrofida sekin-asta aylanib, kattalashib borgan va natijada diqqatni jalb qila boshlagan.
“Bu dalalardagi aylanalarga o‘xshaydi”, deb aytgan Dug Bertlsman. Uning ofisi disk hosil bo‘lgan daryoga qaragan 4-qavatli binoda joylashgan. Uning aytishicha, diskning taxminiy diametri 100 metrga yaqinni tashkil qiladi.
Daryo yonida ofis binosi bor bo‘lgan Rob Mitchell disk haqida Uestbruk shahri rahbariyatini xabardor qilgan. Uning ta'kidlashicha, muz disk ustida o‘rdaklar o‘tirib, u bilan birga aylangan.
Mitchellning ma'lum qilishicha, muz disk Uestbruk aholisi va mahalliy politsiya 2016 yil iyunda katta ilonni payqagan joyda hosil bo‘lgan. Uning ta'kidlashicha, disk oqim bo‘yicha pastga yoki yuqoriga harakatlanmay, bir joyda o‘z o‘qi atrofida aylanmoqda.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026