Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda dunyoning eng yirik sarmoyachilaridan biri vafot etdi
Foto: AP Photo / MARK LENNIHAN
Dunyoning eng yirik investitsiya kompaniyalaridan biri Vanguard Group asoschisi Jon Bogl 89 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Philly.com portali ma'lum qildi.
Bogl yurak bilan muammolardan aziyat chekkan. U birinchi yurak xurujini 30 yoshidayoq boshidan o‘tkazgan.
Bogl 1975 yilda Vanguard Group’ga asos solgan. CNBC telekanalining ma'lum qilishicha, ilk yil kompaniya boshqaruvidagi aktivlar miqdori 1,7 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2018 yilga kelib bu qiymat 5,1 trln dollarga yetgan.
1999 yilda Fortune nashri Boglni XX asrning eng yirik 4 investoridan biri deb atagan, 2014 yilda Time nashri uni dunyoning eng kuchli ta'sirga ega 100 kishisi ro‘yxatiga kiritgan.
Mavzuga oid
18:24
AQSh 48 soat ichida Eronga zarba beradi - Vuchich
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01 / 31.01.2026