Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bankrotlik jarayonini soddalashtirishga oid hujjat loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi
Foto: AiF
O‘zbekistonda bankrotlik jarayonini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Bu boradagi prezident qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Loyihaga ko‘ra, 1 iyuldan shunday tartib o‘rnatilishi rejalashtirilmoqdaki, agarda bankrotlik alomatlari aniqlanganda qarzdor – yuridik shaxsga nisbatan jami da'vo summasi eng kam ish haqining 300 baravaridan, qarzdor – yakka tadbirkor yoki yakka tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa jami da'vo summasi eng kam ish haqining 20 baravaridan kam bo‘lmagan taqdirda sud bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishi mumkin bo‘ladi.
Hozirgi tartibga ko‘ra esa qarzdor – yuridik shaxsga nisbatan jami da'vo summasi eng kam ish haqining 500 baravaridan, qarzdor – yakka tadbirkor yoki yakka tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa jami da'vo summasi eng kam ish haqining 30 baravaridan kam bo‘lmagan taqdirda iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilishi mumkin.
Qarzdorning kreditor oldidagi moliyaviy majburiyatlari yoki soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar ular kuchga kirgan kundan boshlab ikki oy davomida bajarilmagan bo‘lsa, uning majburiyatlarni bajarishga layoqatsizligini bankrotlik alomati deb tan olish rejalashtirilmoqda.
Loyihada Bosh prokuratura va Oliy sud 2019 yilning 1 mayiga qadar soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikni amalga oshirganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutadigan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish vazifasi yuklatilgan.
Hujjatga muvofiq, bankrot bo‘lgan qarzdorlarning mulklari sud boshqaruvchilari tomonidan E-IJRO AUKSION elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionga qo‘yiladi.
1 oktyabrdan boshlab davlat xizmatlari organlari arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan soddalashtirilgan bankrotlik jarayonlarida likvidatsiya amaliyotini o‘tkazishda soliq xizmati xodimlaridan sud boshqaruvchilarini tayinlash tartibini bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
10:48 / 12.02.2026
Samarqanddagi Cho‘ponota tepaligi Milliy koordinatalar tizimining nol nuqtasi bo‘ldi
09:40 / 28.01.2026
Biznes-ombudsman: mahalliy hokimiyatning 220 ta noqonuniy qarori bekor qilindi
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025