Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasining faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini autsorsing shartlarida, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va bo‘linmalari uchun belgilangan tartibda tashkil etish;
Maxsus boshqarmaga yuridik va jismoniy shaxslarga Maxsus boshqarmaning mavjud kuch va vositalari (shu jumladan, muddatli harbiy xizmatchilarning mehnati) bilan xizmat ko‘rsatish, shuningdek, pudrat ishlarini (muhandislik-qurilish, transport va faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha boshqa ishlarni) to‘lov asosida amalga oshirish huquqini berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Maxsus boshqarma bo‘linmalarini og‘ir iqlim sharoitlarida vaqtincha joylashtirishda barcha toifadagi haqiqiy harbiy xizmatchilarga (muddatli harbiy xizmatchilardan tashqari) pul ta'minotini, ishchi va xizmatchilarga ish haqini hisoblash tsgishli hududiy koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Qarorda ko‘rsatilishicha, favqulodda vaziyatlar vaziri Maxsus boshqarmaning avtomobil, maxsus va muhandislik texnikalari, shuningdek, agregatlari uchun tsxnik-ekspluatatsion normalar hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda yo‘l bosish (motoresurs, motosoat) limitlarini belgilash huquqiga ega.
Shuningdek, maxsus boshqarma boshlig‘i yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan, topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajargan Maxsus boshqarma harbiy xizmatchilarini (muddatli harbiy xizmatchilardan tashqari), shuningdek, ishchi va xizmatchilarini budjetdan ajratilgan mablag‘lar hamda jalb etilgan budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida har oyda lavozim maoshining uch barobarigacha miqdorda rag‘batlantirish huquqiga ega.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
11:50 / 05.06.2026
Popda cho‘kib ketgan yigit jasadi 8 kunlik qidiruvdan keyin topildi
16:58 / 02.06.2026