Jamiyat | 22:39 / 17.01.2019
14755
3 daqiqa o‘qiladi

Ilk bor o‘tkazilgan “Yil talabasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan ilk marotaba o‘tkazilgan “Yil talabasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

Tanlov oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida 3 bosqichda o‘tkazilib, unda jami 316 nafar yoshlar ishtirok etdi. Yakunda quyidagi iqtidorli talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin - Sardor Bozorboyev, O‘zbekiston milliy universiteti talabasi.

2-o‘rin - Iroda Ismoilova, Urganch davlat universiteti talabasi.

3-o‘rin - Shohruxbek Ahtamov, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi. 

“Yilning eng tashabbuskor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin - Sardor Berdiyev, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talabasi. 

2-o‘rin - Botirali Rahmonov, Farg‘ona davlat universiteti talabasi. 

3-o‘rin - Kamoliddin Umarov, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat universiteti talabasi.

“Yilning ixtirochi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin - Umid Ravshanov, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali talabasi.

2-o‘rin - Sardorjon Saloydinov, Namangan muhandislik qurilish instituti talabasi.

3-o‘rin - Diyora Oxunova, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi.

“Yilning sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin - Bektemir Meliqo‘ziyev, Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi.

2-o‘rin - Shohsanamxon Toshpo‘latova, Qarshi davlat universiteti talabasi.

3-o‘rin - Iqboljon Xoldarov, Andijon davlat universiteti talabasi.

“Yilning ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin - Sanjarbek Azimov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi.

2-o‘rin - Shohsanam Boychiboyeva, Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabasi.

3-o‘rin - Hulkar Xudoyberdiyeva, Samarqand davlat universiteti talabasi. 

Shuningdek, tanlov yakunlariga ko‘ra “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Mohinur Jo‘rayeva hamda “Yilning eng faol notiq talabasi” nominatsiyasida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali talabasi Gavharoy Usmonxo‘jayevalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Tanlov nizomiga muvofiq ravishda har bir nominatsiya bo‘yicha 1-o‘rin sohiblari tanlov statuetkasi va eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida, 2-o‘rin sohiblari eng kam ish haqining 8 barobari miqdorida, 3-o‘rin sohiblari eng kam ish haqining besh barobari miqdorida pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandilar.

Mavzuga oid