Har bir yil öz yakuniga yetar ekan mutaxassislar, OAV xodimlari uni turli yönalişlarda tahlil qilişadi.

Kun.uz internet sayti ham 2018 yilda yurtdoşlarimiz tomonidan eng köp mutolaa qilingan va ularning nazdida yilning «eng yaxşi kitobi»ni aniqlaş maqsadida «2018 yil: Kim nima öqidi?» mavzusida sörovnoma ötkazdi.

Sörovnomani nafaqat internet sayt va ijtimoiy tarmoqlar, balki ta'lim muassasalarida, köça va xiyobonlarda ham taşkil etdik.

Video: Mover

Video: Youtube

Sörovnomada iştirok etganlar tomonidan jami 1200 dan ortiq nomdagi va turli janrdagi asarlar qayd etildi.

Xullas, biz ovoz beriş natijalariga köra «yilning eng yaxşi kitobi» deya hisoblangan adabiyotlarning top 10 ligini aniqladik. Marhamat ular bilan tanişing!

10-örin. «Yulduzli tunlar»

 

Mahoratli yozuvçi Pirimqul Qodirovning uşbu asari reytingimizda eng köp ovoz yiğgan asarlardan biri böldi. U hamon sevib öqilmoqda.

Roman özbek adabiyotining eng sara tarixiy asarlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parçalanib ketişi, temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erişiş ilinjida taxt talaşib, bir-birlariga qiliç kötargan oğa-ini, toğa-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan.